🎵
Kurgim Kelar by Sevara Nazarkhan album cover

Kurgim Kelar

by Sevara Nazarkhan

Lyrics
Umr oqmas bir tekisda tek
Kimlarnidir hasrat yengadir
Men toparman irodani, lek
Ko'rgim kelar sizni negadir
Hayot ko'hna dono muallim
Sadoqatli do'st bo'lar o'lim
Garchi sizdan ayrodir yo'lim
Ko'rgim kelar sizni negadir

Tun, kutaman oydin yulduzlik
Kun, kutaman nurafshon izlik
Hey dilimni ezdi yolg'izlik
Ko'rgim kelar sizni negadir

Goh sevgidan toshgan daryosiz
Goh mexrga tashna saxrosiz
Men bilaman siz ham tanxosiz
Ko'rgim kelar sizni negadir

Muhabbatda mazmun erur erk
Bir armonga har kim egadir
Sissiz menga barcha yo'llar berk
Ko'rgim kelar sizni negadir

Tun, kutaman oydin yulduzlik
Kun, kutaman nurafshon izlik
Hey dilimni ezdi yolg'izlik
Ko'rgim kelar sizni negadir

Tun, kutaman oydin yulduzlik
Kun, kutaman nurafshon izlik
Hey dilimni ezdi yolg'izlik
Ko'rgim kelar sizni

Tun, kutaman oydin yulduzlik
Kun, kutaman nurafshon izlik
Hey dilimni ezdi yolg'izlik
Ko'rgim kelar sizni negadir